Har hafta OTM testini uyda ishlang
Haqiqiy imtihon formatida haftalik test, respublika reytingi va har bir xatoning tahlili.
- ✓ 90 savol, 189 ball — BMBA formatida
- ✓ Barcha yo'nalishlar: 3 majburiy + 2 asosiy fan
- ✓ Respublika va viloyat bo'yicha reyting
- ✓ Xatolar izohi va zaif mavzularingiz tahlili
- ✓ Mavzu bo'yicha mashq va "Xatolarim" — xatolar ustida ishlash
- ✓ Milliy sertifikat: 7 fandan haftalik test, A+ … C daraja
Sinovchilar guruhiga qo'shiling
Ochilgan sahifada "Join group" (Guruhga qo'shilish) tugmasini bosing. So'ng shu sahifaga qayting.
Guruhga qo'shilishSinovchi bo'ling
Ochilgan sahifada "Become a tester" (Sinovchi bo'lish) tugmasini bosing.
Sinovchi bo'lishIlovani o'rnating
Play Market'da "O'rnatish" tugmasini bosing. Ilovaga telefon raqamingiz yoki email bilan kiring.
Play Market'dan yuklab olishiPhone yoki kompyuterdan
Hech narsa o'rnatmasdan, brauzerning o'zida ishlaydi. iPhone'da Safari'da oching → Ulashish → "Bosh ekranga qo'shish" — ilova kabi belgi paydo bo'ladi.
Brauzerda ochishPlay Market'siz yuklab olish
Ilovani to'g'ridan-to'g'ri yuklab, o'rnating (≈20 MB):
- Pastdagi tugmani bosing — fayl yuklanadi.
- Yuklangan maqsadotm.apk faylini oching.
- Telefon so'rasa: "Sozlamalar" → "Shu manbadan ruxsat berish" ni yoqing va O'rnatish ni bosing.
Telefon ilova o'rnatmasa (eski telefonlar): boshqa versiyani yuklab oling.
Savollar
"Ilova topilmadi" yoki "Item not found" chiqyapti
1- va 2-qadamni bajarganingizdan keyin 5–10 daqiqa kuting. Play Market'dagi akkaunt guruhga qo'shilgan Gmail bilan bir xil bo'lishi kerak — Play Market'da yuqori o'ng burchakdagi rasmni bosib, akkauntni tekshiring.
Telefon "xavfli bo'lishi mumkin" deyapti
Bu Play Market'dan tashqari yuklangan har qanday ilovada chiqadigan odatiy ogohlantirish. Faylni faqat shu sahifadan (maqsadotm.uz) yuklab oling. Ilova Play Market'ga chiqqach, uni o'sha yerdan o'rnatishingiz mumkin bo'ladi.
iPhone'da ishlaydimi?
Ha — brauzer versiyasi orqali. Safari'da maqsadotm.uz/app ni oching va "Bosh ekranga qo'shish" ni bosing.
Pullikmi?
Ilovani o'rnatish bepul va birinchi testingiz bepul. Keyingi testlar obuna bilan: oyiga 60 000 so'm (Click yoki Payme orqali, ilovaning o'zidan).
Nega "sinov bosqichi"?
Google yangi ilovalarni hammaga ochishdan oldin sinovchilar bilan tekshiradi. Siz ilovadan birinchilardan bo'lib foydalanasiz, keyin u Play Market'da hamma uchun ochiladi.